Shamollashsiz kuz: oddiy maslahatlar

Bizni oʻrab turgan viruslardan himoyalana olamizmi? Bu, ayniqsa, mavsumlar orasida, gripp va oʻtkir virusli kasalliklar bilan kasallanish darajasi oshganida muhim masalaga aylanadi. Haqiqatan ham kasallik bizni chetlab oʻtishini xohlaymiz! Bizning tavsiyalarimiz bilan qurollangan holda darhol harakat qilishni taklif qilamiz.

Toʻgʻri ovqatlanish

Har kuni bolalar va kattalar organizmi vitamin, mineral, oqsil, yogʻlar va uglevodlarning yetarli miqdoriga ehtiyoj sezadi. Albatta, ularni oziq-ovqat mahsulotlaridan olgan yaxshiroq. Sizning stolingizda zararli qoʻshimchalarsiz tabiiy ovqat boʻlishi juda muhimdir. Bozorda yoki doʻkonda mahsulotlarni ehtiyotkorlik bilan tanlashga oʻzingizni oʻrgating (yorliqlarni oʻrganing va tekshiruvdan oʻtgan mahsulotlarni sotib oling).

Pishirish usuli muhim ham rol oʻynaydi. Sizning asosiy vazifangiz iloji boricha koʻproq ozuqaviy moddalarni saqlab qolish va organizmgda osonlikcha oʻzlashtiriladigan ovqat tayyorlashdir. Qovurilgan va ogʻir ovqatlarni taomnomadan chiqarib tashlang, bugʻlangan, dimlangan, qaynatilgan va pishirilgan ovqatlarga esa koʻproq eʼtibor qarating. Organizm himoya xususiyatlarining muhim boʻgʻini boʻlgan sogʻlom ichak mikroflorasi haqida gʻamxoʻrlik qilish ham muhimdir. Oilaviy taomnomada sut mahsulotlari mavjudligini taʼminlang. Kichkintoylarga bolalar ovqatlari uchun moʻljallangan, saqlash muddati qisqa boʻlgan sut mahsulotlarini berish maqsadga muvofiqdir. Esingizda boʻlsin: mahsulotning yaroqlilik muddati qancha uzoq boʻlsa, undagi ozuqaviy moddalar shunchalik kam va konservantlar shunchalik koʻp.

Immunitetga yordam beramiz

Yosh bolalar koʻp kasal boʻlishadi, chunki ularning immuniteti endigina shakllanayotgan boʻladi. Ammo bu bolaning organizmini mustahkamlash kerak emasligi va hammasi oʻz-oʻzidan iziga tushib ketishini kutishni anglatmaydi. Nafas yoʻllarining virusli kasalliklarining oldini olishga eʼtibor qarating va epidemiya paytida odamlar gavjum boʻlgan joylardan ehtiyot boʻling. Bunday vaziyatda siz toʻrt devor ichida oʻtirmasligingiz kerak, aksincha, har kuni bolangiz bilan toza havoda sayr qilishga harakat qiling: sayr paytida chaqaloqlar yaxshi uxlaydilar, katta yoshdagi bolalarga esa imkon qadar faol harakatlanishlariga imkon bering – shunda ular organizmidagi hujayralarni kislorod bilan toʻyintirgan holda nafas oladilar. Uzoqroq vaqt piyoda va velosipedda sayr qilishni odat qiling.

Badantarbiyani boshlaymiz!

Yana bir yaxshi odat – ertalabki badantarbiya. Sovet davrida radio va televideniye orqali bunday eshittirishlarga katta eʻtibor berilishi bejiz emas edi. Ertalab bolalaringiz bilan birga gimnastika bilan shugʻullanasizmi? Agar unday boʻlmasa, boshlash uchun hech qachon kech emas. Ertalabki mashqlar sizga zavq bagʻishlashi uchun esa oʻz vaqtida uxlang – shunda tongda tetik va yaxshi kayfiyatda boʻlasiz. Qoʻllaringizni va oyoqlaringizni silkitib, egilishingiz va oʻtirib-turishingiz sizga kun davomida yaxshi kayfiyat va kuch beradi. Sizning kuchli va mustahkam organizmingizga viruslarning kirib olishi oson boʻlmaydi.

Asablar joyida

Baʼzida pediatr qabulida bolaning ruhiy holati, kun tartibi va uning oqilona cheklovlarga boʻlgan munosabati toʻgʻrisida soʻralganda, onalar hayron qolishadi. Tez-tez uchraydigan oʻtkir nafas yoʻli infeksiyalari muammosi boʻyicha murojaat qilganingizda albatta siz bunday savollarni kutmaysiz. Ammo bunday savolning bevosita aloqasi bor: charchagan asablar immunitetga salbiy taʼsir qiladi, chunki bu ikkala tizim ham bir-biriga bogʻliq. Bolada qanchalik stress, gʻazablanish va toʻsatdan kayfiyat oʻzgarishi kam boʻlsa, u oʻtkir virusli kasalliklar bilan shunchalik yaxshi kurashadi. Shifokor tinchlantiruvchi choy va oʻsimlik qaynatmalari qoʻshilgan vannalar tavsiya qilishi mumkin.

Sogʻlom mikroiqlim

Kuzda uylarimizda isitish tizimlari yoqiladi, yaʼni havo quruq boʻlib qoladi, pediatrlarda bemorlar soni ortadi. Quruq havo burunning nozik shilliq qavatiga salbiy taʼsir qiladi, shuning uchun u himoya funksiyalarini bajara olmaydi va bu viruslar va bakteriyalar uchun ochiq yoʻlga aylanadi. Shu sababli, uyda havo namlagich boʻlgani foydadan xoli emas – bu kerakli namlik darajasini saqlashning yaxshi usuli.  Zamonaviy texnologiyalar shovqinsiz va sezdirmagan holatda ishlaydi. Aytgancha, siz namlangan havoning ijobiy taʼsirini tezda sezasiz – ertalabgacha yoki yarim tunda avvalgidek chanqab qolmaysiz.

Bino ichidagi havoni yaxshilashning yana bir yaxshi usuli bu xonani kislorod bilan taʼminlaydigan oʻsimliklarni parvarish qilishdir. Mirt, geran, tolstyanka, molochay va xitoy atirguli kabi oʻsimliklar patogen bakteriyalarni nobud qiladigan fitontsidlarni ham ajratib chiqaradi.

Bizning maslahatlarimiz sizni kuzgi kasalliklardan saqlanishingizga yordam beradi deb umid qilamiz, ammo agar siz baribir oʻzingizda yoki bolangizda shamollashning ilk alomatlarini sezsangiz, shifokoringizga murojaat qiling. Aynan u toʻgʻri tashxis qoʻyadi va davolanish uchun tegishli vositalarni tanlaydi, shunda siz  sogʻlomlar “safiga” tezroq va asoratsiz qaytishingiz mumkin.

Shifokoringiz siz uchun virusga qarshi vosita tayinlashi mumkin, masalan Ergoferon. Dori kasallikning sababiga taʼsir qiladi va shu bilan birga uning belgilarini yengishga yordam beradi – nafas yoʻllaridagi yalligʻlanishni oladi va organizmning oʻz himoya manbalarini faollashtiradi. Preparat 6 oylikdan boshlab bolalarda foydalanishga ruxsat etilgan va mavsumiy oʻsish paytida gripp va shamollashning oldini olish vositasi sifatida foydalanish mumkin.

Sizga nafaqat ushbu kuzda, balki butun yil davomida mustahkam sogʻliq tilaymiz!

Поделитесь статьей

Смотрите также