KULGU BIZNING OILAMIZGA HAR QANDAY VIRUSNI YENGISHDA YORDAM BERADI

– Tamom, menimcha, qoldik! – deb eʼlon qildi erim uyga kirib kelishi bilan.

– Qayerda qoldik, Vinni? – hazil qildi sakkiz yoshli oʻgʻlimiz Dima.

– Shu yerda, Dimon, xuddi mana shu yerda! Ertadan boshlab bizni masofaviy ishga oʻtkazishyapti! – dedi erim qoʻlini siltab.

– Ha mayli! Pistirmada oʻtiramiz: Dimaning maktabga borishiga hojat yoʻq, Polinka – bolalar bogʻchasiga, siz uyda ishlaysiz, oziq-ovqatni olib kelib berishadi! – deya oilamni tinchlantirishga harakat qildim, – Nahotki buni uddalay olmasak, azizlarim?

– Albatta, uddalaymiz! – toʻsatdan baqirdi uch yoshli Polinka stol ostidan chiqib.

– Keling, birgalikda yengmiz! – dedi Dima.

Boshida hammasi juda yaxshi ketayotgan edi! Birinchi hafta osoyishta hayotdan zavqlandim: tez-tez birga boʻlish, bolalar bilan xohlagancha suhbatlashish va oʻynashga har doim ham vaqt boʻlavermaydi.

Oziq-ovqatni uyimizga olib kelib berishardi. Yaxshiyamki, Internet asrida bu umuman muammo emas. Yetkazib berish xizmatini birgalikda kutib olardik: men va bizning mushugimiz Sima. U har doim ovqatlanish uchun biror narsa bor joyda tayyor turadi. Men paketlarni olib, qismlarga ajratish uchun oshxonaga olib boraman. Uyning barcha aʼzolari xarid qlingan narsalarga qiziqish bildirishadi: bolalar navbatma-navbat oʻzlariga keragini olishadi (qizim – meva pyuresi, oʻgʻlim – krakerlar), hattoki bizning toʻtimiz Kesha ham qiziquvchan holda muzlatgich ustidagi qafasidan pastga qarab turadi. U biroz gapirishni biladi. Ammo safar hech qanday izoh yoʻq edi va biz paketlarni ajratib xonalarimizga tarqaldik.

Oʻgʻlimiz anʼanaviy ravishda mushukka ovqat beradi. Doimgiday, men unga xuddi avval yuz marta boʻlgani kabi oshxonadan baqirdim: “Dima, mushukka ovqat ber!”, Men mushukning ovqatini stolga qoʻyib, uy ishlariga yuguraman. Shu paytda, oʻgʻlim allaqachon quloqlariga naushniklarni ulab, Internetning jozibali dunyosiga shoʻngʻigan ekan…

Taxminan 20 daqiqadan soʻng oshxonadan oʻzimning ovozimni eshitganimda qanday dahshat aralash hayratga tushganimni tasavvur qiling-a: “Dimaaa, mushukkaaa ovqat beeer!»

 “Boʻlishi mumkin emas! – hayolimdan oʻtdi, – shunaqa tuyuldi shekilli”. Ammo bir necha soniyadan soʻng qichqiriq yana takrorlandi: «Diiimaaa! Mushukkaaa ovqat beeer! »  Oʻgʻlim xonadan tashqariga qaradi va meni koʻrib hayratdan qotib qoldi. Hech narsani tushunmay, ikkalamiz oshxonaga shoshdik va shunday manzaraning guvohi boʻldik. Qorni ochgan Sima, ovqatni kutmasdan, hayvon instinktlarini eslab, toʻtiqushni paqqos tushirishga qaror qilibdi. Bechora Kesha, qafasning burchagiga tiqilib, och mushukning koʻzlariga dahshat bilan qarab, allaqachon yana oʻziga oʻzi gapirishni boshlagan ekan: Dimaaa! ..” Dima va men bir-birimizga qarab, kulib yubordik.

– Qaranglara, ochlik nimalarga olib keladi! – deb falsafiy xulosa qildi oʻgʻlim.

– Ochlik emas, balki dangasalik, bolajonim! – deb boshimni chayqadim.

Va oshxonadan chiqayotib, norozi ohangdagi shivirlashni eshitdim: – Haa, oyi, bu aniq! Bolani urishmadim: vaqt oʻtishi bilan uydagi muhit biroz taranglashdi. Bizning xonadonimiz menga hech qachon karantindagidek kichik koʻrinmagandi. Har qadamda biron bir narsa yotar, halal berar, yugurar, sudralib yurar edi … Ikki hafta oʻtgach, biroz ruhiy yengillik uchun joy ajratishga qaror qildim.

“Azizlarim, – deb tantanali ravishda gapira boshladim men, – tasavvur qiling, bizning kemamiz halokatga uchradi va cheksiz ummon toʻlqinlarida kichik sol ustida oqib ketyapmiz!” Hamma juda diqqat bilan tinglardi, hatto Polina ham gapirishdan toʻxtadi. “Shunday qilib,” deb davom ettirdim men, – sol kichkina, ertami-kechmi hammasi juda jonimizga tegishi aniq, garchi biz bir-birimizni juda yaxshi koʻrsak ham. Kelinglar, kelishib olaylik: kimdir yolgʻiz qolishni xohlasa, aytsin, kiyinish xonasiga borib, u yerda bir soat oʻtirishi mumkin. Hech kim uning oldiga kirmasligi bermasligi kerak. Bu bizning qutqaruvchi aylanamiz boʻladi”.

– Qanday qiziqarli oʻyin! – erim bir zumda gapimga qoʻshildi. – Men birinchi kiraman!

Biron soʻz aytishga ulgurmasimdan erim ish noutbukini olib kiyinish xonasiga kirib, eshikni yopib qoʻydi. Bir soat oʻtgach, men uning oʻrnini egallash uchun keldim: nafas rostlab olishni juda xohlardim! Ijtimoiy tarmoqlarga kirishga ulgurmasimdan eshik qoʻngʻirogʻi jiringladi. Aylanami, aylana emasmi, lekin xavfsizlik eng muhimi! Shkafdan turib erimga baqirdim: “Niqoblaringizni kiyishni unutmang!”, bir qancha vaqt oʻtgach yoʻlakdan boʻgʻilib qolgan qichqiriq, soʻngra qah-qaha ovozini eshitdim. Chiqdim.

Mening oldimda ajoyib holat namoyon boʻldi: yoʻlakda erim va qizim turishardi, boshlarida dinozavrlarning niqoblari, eshik oldida esa qoʻrqib ketgan, ammo kulayotgan ovqat yetkazib beruvchi bor edi. Maʼlum boʻlishicha, men niqoblarni taqish haqida baqirganimda, qizim negadir yangi yildan qolgan dinozavrning niqobini boshiga kiyib olibdi va erim ham u bilan birga oʻynashga qaror qilibdi. Eshikni biri kichikroq, ikkinchisi kattaroq ikkita dinozavr ochganda yetkazib beruvchining hayratini tasavvur qilyapman. Umid qilamanki ular irillashmagan…

Mazza qilib kulib boʻlganimdan soʻng, “hayot aylanasi” ga ekskursiyam umuman muvaffaqiyatsizlikka uchraganini angladim. Yetkazib berilgan oziq-ovqatni olib, kulgu sadolari ostida butun oila bilan choy ichish uchun oshxonaga chiqdik. Albatta, uydagi shovqin va torlik oilaviy munosabatlarni yaxshilash uchun eng yaxshi vosita emas, lekin hazil har doim vaziyatni qutqaradi! Shunday qilib, keling, hammasini birgalikda yengamiz! Aytgancha, bizning oilamizda hali hech kim kasal boʻlmadi, deb bemalol aytishimiz mumkin: kulgi har qanday virusga qarshi kurashishda yordam beradi!

Mayli, kulgi oʻz yoʻliga, ammo toza havo va sayrsiz immunitetga yordam kerak, va bu vaziyat uchun menda Ergoferon bor. U kattalarga ham, bolalarga ham (hatto 6 oylik kichkintoylarga ham) viruslarga qarshi turishga yordam beradi, agar kasallikning oldini olish imkoni boʻlmasa, Ergoferon tiklanishni tezlashtiradi va asoratlarning oldini olishga yordam beradi.

Поделитесь статьей