BOGʻCHADA KASAL BOʻLMASLIGIMIZGA YORDAM BERADIGAN QUVNOQ MAROSIMLARIMIZ

– Oʻrningdan tur, Mira! Oʻrningdan tur, oʻgʻlim. Bogʻchaga borishing kerak!

Oʻgʻlim Miroslav uchun har begim kuni tong shunday soʻzlar bilan boshlanadi. Hozir bolajonim tez-tez tabassum bilan uygʻonayotganini sezmoqdaman va bundan xursandman. Ammo yarim yil oldin vaziyat unchalik ham xushchaqchaq emas edi …

Biz Miroslavni toʻliq boʻlmagan uch yil muddatga bolalar bogʻchasiga berdik. Men tugʻruq taʻtilidan ishga chiqishimdan oldin uning jamoaga koʻnikishi va moslashishini istadik. Bolalar bogʻchasidagi “xursandchilik» deyarli darhol boshlandi! Oʻylaymanki, koʻplab onalarga bu vaziyat tanish: “Kasal – kasal emas” va moslashish davomida ushbu davrlarning navbat bilan kelishi. Bizda vaziyat asosan shunday edi: bir hafta kasal – uch kun bogʻchaga boradi, ikki hafta yana uyda – bir kun bogʻchada. Men oʻylab qoldim: vaziyatni oʻzgartirish uchun nima qilish kerak?  Boshim qotgan edi. Qaynonam yordamga keldi. U shunday dedi:

– Hammasini murakkablashtirib yuborma. Kel, oddiy … gigiyenadan boshlaymiz.

Bundan tashqari – menga yana bir nechta sirlarni oshkor qildi, men ularni amalda qoʻlladim. Hammasi shunchaki ajoyib! Men oʻz tajribam haqida gapiryapman.

Juda oddiy tuyulishi mumkin boʻlsa ham, biz odatiy (aniqrogʻi biz uchun odatiy boʻlmagan) qoʻl yuvishdan boshladik. Bizning Mira aqlli, koʻp ishlarni kattalarni kuzatgan holda oʻzi qiladi. Masalan, uning oʻzi dadasi qanday qilayotganini koʻrgandan keyin poyabzal taqishni oʻrgandi. Ammo qoʻlini beparvolik bilan yuvardi, bir oz suv bilan namlardi va artish uchun yugurardi. Men doimo uni nazorat qilishim kerak edi, qoʻllarimga sovun olib, nafaqat qoʻllarini, balki barmoqlarni ham yaxshilab yuvardim.

Ammo, va bu vaziyatda mening dono qaynonam yordamga keldi. Nabirasiga taymer-mushukcha olib berdi.

Endi, sovunni qoʻliga olishdan oldin, kichkintoyimiz quvnoq mushukcha shaklidagi taymerni yoqishdan xursand. Hayvoncha Miroslav kamida 20 soniya davomida qoʻllarini sovunlab, keyin yuvib tashlashini “kuzatib turadi”. Ushbu ajoyib mexanizm tishlarni yuvishda ham foydali boʻldi. Oʻgʻlim jarayonga juda ehtiyotkorlik bilan yondosha boshladi (axir mushuk tomosha qilmoqda! ☺).

Bundan tashqari, men majburiy sayrni kundalik hayotimizga kiritishga harakat qildim.  Bolalar bogʻchasida bolalar juda koʻp sayr qilishadi, lekin onasi yoki otasi bilan va hatto hamma bilan birgalikda sayr qilish bolaning kayfiyatini oshiradi, natijada ishtaha va immunitet ham oshadi. Biz toshbaqa tezligida sayr qilamiz, shoshilmaymiz. Hayotda shusiz ham shoshilish yetarli darajada: bolalar bogʻchasiga, ishga va boshqa joylarga yuguramiz, lekin birgalikdagi sayr qilishda biz mamnuniyat bilan bir-birimizga vaqt ajratamiz va bola bilan juda koʻp muloqot qilamiz.

Miroslav uyga “suvenirlar” olib berishimizni juda yaxshi koʻradi: Eman yongʻogʻi, chigʻanoqlar, toshlar, turli xil tayoqchalar va novdalar. Ular bizning balkonda bir muncha vaqt “yashashlari” mumkin, ammo agar ular xonaga koʻchib oʻtishni “xohlasalar”, sanitariya nazoratidan oʻtishlari kerak: oʻgʻlim oʻzi ularni yaxshilab yuvib, mato bilan artadi (albatta mening sinchkov nazoratim ostida). Biz endi bolalar bogʻchasidan ham asta-sekin chiqib ketamiz (buni ham dono qaynonam maslahat berdi!): agar kerak boʻlsa, biz poyabzalni ham kiyimlarni ham 15-20 daqiqa davomida kiyamiz. Men sabr qilaman, bironta bola yoki qiz allaqachon kiyinib chiqib ketganini koʻrsam ham eʼtibor qilmayman. Biz kelishimizdan oldin bola oʻynagan va yugurgan, demak terlagan. U biroz sovib olishiga qancha vaqt berilsa, shamollash ehtimoli shunchalik kam boʻladi!

Aytgancha, mustaqil boʻlishni oʻrganish bizni zararli shamollashdan ham himoya qildi. Biz buni quyidagicha amalga oshirdik. Gap shundaki, baʼzida bizning guruhimizda faqat tropik jazirama issiq boʻladi, chunki tarbiyachilar bolalar shamollamasliklari uchun xonalarni ortiqcha shamollatishdan qoʻrqishadi, batareyalar qattiq ishlab, havoni isitadi. Bolalar sayrga chiqqanda xonalar shamollatiladi. Keyin guruh ichi salqin boʻladi. Kichkina bolaning har doim qalin kiyimlarini issiq boʻlsa yechib, sovuq tushsa kiyish qoʻlidan kelmaydi. Ammo buni bolaga oʻrgatish kerak.

Xonani isitib va keyin shamollatib, bu narsani uyda bolaga oʻrgatdik. Miraning yoniga esa issiq kiyimlarini qoʻydik, shunda u qachonki harorat pasayganda sviterini kiyishni va qachon yechishni tushunishi kerak edi.  Vaqti-vaqti bilan undan soʻrar edim: “Sovuq qotmayapsanmi/isib ketmayapsanmi? Nima qilish kerak?”.  Taxminan bir oy oʻtgach, oʻgʻlim eslatmalarsiz yechinib, kiyinib issiq va sovuqqa munosabat bildirishni boshladi. Yaxshi, – men oʻshanda ham tugʻruq taʼtilida edim, bu hazilakam ish emas edi – deb ayta olaman. Bolalar bogʻchasida ham havo soviganida issiq kiyimini kiyishga yugurardi, issiq boʻlsa yechib qoʻyardi. Hatto tarbiyachilari ham hayron qolishdi: unga buni qanday qilib oʻrgatdingiz? Va keyin boshqa bolalar uning ortidan takrorlay boshlashdi, xayriyatki, kiyim shkaflari guruhga qoʻshni xonada.

Bundan tashqari bolalar bogʻchasida bolalar oʻyinchoqlarni yalashadi, quchoqlashadi, baʼzan esa bir-birlarini oʻpishadi. Bola teginish orqali dunyoni oʻrganishiga qarshi emasman. Ammo, pandemiya paytida, men aloqalarni iloji boricha cheklash tarafdoriman. Axir, bolaga niqob taqa olmaysizku… Erim oʻgʻlimizga quchoqlashish oʻrniga qoʻl bilan koʻrishishni oʻrgatdi. Aytishimiz kerakki:  “Kelinglar, qoʻl siqishamiz!”  Bu juda qiziq holat, tarbiyachilar kulishadi, bolalar esa xursand.

Shuningdek, WhatsApp da ota-onalar bilan chatlar mavjud (koʻp bolali ota-onalar, qoʻllaringizni siqib qolaman!), ular ertalabdan chatni quyidagicha mazmundagi xabarlarga toʻldirib tashlashadi: “Petyaning burni bitib qolibdi – u bugun bormaydi”, “Dashaning harorati koʻtarildi, biz bugun uyda qolamiz” va hk. Albatta, men virusni guruh atrofida aylanib yurganini va shoshilinch ravishda nimadir qilish kerakligini tushunaman. Buning uchun menda … yoʻq, boʻyinga qoʻyish uchun sarimsoq emas (shubhali vosita … kun boʻyi bunaqa narsa bilan ofisda yurishni oʻzingiz sinab koʻring!), balki Ergoferon bor. Organizmga hujumni qaytarishda yordam berish uchun biz uni butun oilamiz bilan qabul qilamiz. U bolalar uchun 6 oylikdan boshlab foydalanishga ruxsat berilgan va bolalar bogʻchasi tarbiyalanuvchilari (va ularning xavotirga tushgan ota-onalari) uchun – gripp va shamollash paytida yaxshi yordamdir.

Endi oʻgʻlim kamroq kasal boʻla boshladi. Va men oʻylab qoldim: Balki gap mikroblarda emas, balki gap bolalar psixologiyasidadir? Aniqrogʻi, bolaning kayfiyatida.  Deyarli uch yildan beri ajralmas boʻlib qolgandan keyin, bola uchun yarim kundan koʻproq vaqt davomida onasidan ajralish qiyin. Ilgari, oʻgʻlimni bolalar bogʻchasiga olib borganimda, imkon qadar tezroq ketishga harakat qilardim, tabiiyki, uning koʻz yoshlariga qaramay ketishga harakat qilardim. Ammo keyinchalik oʻylab qoldim: onasisiz butun kun davomida qolish u uchun qoʻrqinchli emasmi? Yolgʻiz kichkina odam koʻpchilik bolalar ichida oʻzini yomon his qilishi mumkin …

Shuning uchun, endi, agar Miroslav xohlasa, biz unga kerakli darajada vaqt davomida xayrlashamiz. Men unga shirin soʻzlarni aytaman, uni koʻp marotaba samimiy onalik mehrimga ishontiraman. Doim takrorlayman: «Bolajonim, men seni juda yaxshi koʻraman va tez orada albatta kelaman, ammo hozircha bolalar bilan oʻynab tur!»  Va keyin baʼzida yana 10 daqiqa biz deraza orqali bir-birimizga qoʻl silkitamiz. Bir marta bizning guruhdan bir ona mendan soʻradi: “Bunchalik sabrni qayerdan olasiz?”  Toʻgʻrisi: bilmayman, ona boʻlish juda katta sabr-toqat, lekin bundan ham koʻproq muhabbat demakdir…

Поделитесь статьей