Bola betob – mana, hammaning kayfiyati buzilgan: bola oʻzini yomon sezadi, injiqlik qiladi, siz esa o‘zingizni uni yengil kiyintirganingiz yoki yaxshi ovqtlantirmaganingiz yoki yana nima uchundir ayblaysiz.
Sizda shunday boʻlganmi? Ehtimol. Mening uchta bolam bor, shu sababli agar bittasi kasal boʻlib qolsa, qolganlari deyarli 100% yuqtirib oladi. Ana oʻshnda boshlanadi: men xuddi asalaridek shifobaxsh changni olib bittasidan ikkinchisiga tashib aylanaverman. Bolalar mening gʻamxoʻrligim toʻlqini ostida qoladilar. Shunday qilib men hammaga (birinchi navbatda, oʻzimga) yaxshi, gʻamxoʻr ona ekanligimni isbotlashga harakat qilaman. Yana men goʻyoki bolalarim oldidagi gunohimni yuvishga urinaman.
Yaqinda men Lidiya Parxitkoning ota-onalar va bolalar munosabati haqidagi videosini koʻrib qoldim, unda mutaxassis nima sababdan men qilganlarimni qilmaslik kerakligini tushintiradi.
Agar bola onasining gʻamxoʻrligi va e’tibori faqat kasallik vaqtida ortganini sezsa, u onasi bilan uzoqroq birga boʻlish uchun joʻrttaga koʻproq kasal boʻladi. Bu mening holatimga tegishli boʻlib chiqyapti.
Men ham kasal boʻlganimda, nihoyat, oʻzimga dam olishga ruxsat berar edim. Bolalar kasal boʻlganda esa ularni odatdagidan koʻproq ayab, erkalata boshlayman: multfilm koʻrishga ruxsat beraman, shirinliklar sotib olaman va e’tiborliroq boʻlib qolaman. Bu esa kasallik emas bayram boʻlib chiqadi
Men tomosha qilgan rolikda psixolog, agar kasallik vaqtida bunday quvnoq ta’tillar uyushtirilsa, bolalarda qoʻshimcha rag‘bat paydo boʻladi, deydi. Men esa odatda shunday qilaman. Bolalar gap nimadaligini tez tushunadilar va ongli yoki gʻayri shuuriy kasal boʻlgilari keladi.
Qanchalir gʻalati eshitilmasin, bu haqiqatdir. Bolaga odatiy hayotda nima yetishmasa, kasal boʻlganida ularni oladi. Shu sababli, bolalarning hamma lazzatlanishlari sogʻ paytida ham kasalligida ham birdek boʻlishi kerak. Ya’ni ona har doim bola bilan sifatli vaqt oʻtkazishi, betob paytida esa ozgina ortiqroq e’tibor koʻrsatishi lozim.
Va, albatta, onaning kasal boʻlgan bolasiga eng ezgu soʻzlari: “Sen eng kuchlisan, sen uddasidan chiqasan. Hammasi yaxshi boʻladi, sen tuzalib ketasan. Men esa nima qilishni bilaman”, boʻladi. Siz bolaga ishonchingiz, xotirjamligingiz va kuchli ekanligiga aminligingizni namoyish etuvchi har qanday gaplarni aytishingiz mumkin. Shu orqali kichkina organizmga kasallikni yengishiga imkon berasiz. Axir stess immunitetga juda kuchli ta’sir koʻrsatadi.
Biz xavotir darajasini pasaytira olamiz va oʻz xotirjamligimizni bolaga oʻtkazishga qodirmiz. Buning uchun oʻzimizga qoʻyadigan talablarni pasaytirshimiz va oʻzimizni bolalarimiz kasalligi uchun ayblashdan toʻxtashimiz kerak. Bigudi o‘ragan ona Dzen kanali materiallari asosida: https://zen.yandex.ru/rastimdetej