Kasallik vaqtida shirinlikdan voz keching!

Kuz, bir tomondan, ajoyib fasl. Boshqa tomondan esa – bog‘cha va maktabga qaytish, bolalarning tumovi, O‘RVI, gripp davri.

Bolaga bu pallada qanday uyg‘un parhez yaratsa bo‘ladi. Balki biror zararli narsadan voz kechish kerakdir?

Masalan, shirinlikdan!

Ko‘pincha bolalar kasal bo‘lganda ovqat yeyishdan bosh tortadilar, lekin shokold bo‘lsa, hech qachon yo‘q demaydilar.

Bu yerda asosiysi bo‘sh kelmaslik va bunday vaqtda shirinlik hech qanday yaxshilikka olib kelmasligini unutmaslik muhim.

Yaxshisi quruq meva yoki reza meva taklif qilish kerak.

Yeyishga majbur qilmagan ma’qul, lekin tez-tez taklif qilib turish shart.

Ko‘proq suv ichish kerak, ba’zilar kompot ichish kerak deb hisoblaydilar, lekin bizning holatimizda bu yaxshi samara bermaydi, qaynatilgan mevalarning alohida foydasini ham ko‘rmayapman.

Smuzi boshqa gap, darvoqe,faqat mevalarni emas, zabzovotlarni ham moslashtirib aralashtrish mumkin.

Yoki yangi siqilgan sharbatni suvga aralashtirib bersa ham bo‘ladi.

Bu vaqtda ise’mol qilinayotgan ovqatning oziqaviyligi muhimdir, uning tarkibida shamollash mavsumida immunitetni mustahkamlashga yordam beradigan vitamin va minerallar ko‘p bo‘lsin.

To‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanishdan tashqari, men bolalarimga qarab har kungi sayrlar, lekin savdo markazlai va oziq-ovqat do‘konlari bo‘ylab emas, toza va musaffo havodan to‘la miriqib nafas olish mumkin bo‘lgan istirohat bog‘ida, o‘rmonda aylanishlar zo‘r natija berishni sezaman.

Bu oldini oluvchi choralar, agar baribir tumov hujum qilsa, u holda:

  • Darhol havoni namlantiruvchini yoqamiz va tez-tez xonani shamollatib turamiz.
  • Davolashni tezroq boshlash uchun shifokorni chaqiramiz.
  • Multfilm tomosha qilishni imkon qadar kamaytiramiz, negaki bola harakar qilmay qo‘yadi va tananing isib ketishi tufayli harorati ko‘tarilishi mumkin.
  • Ijodiy ishlarni yoki kitob o‘qishni boshlagan ma’qul, lekin bolani sira majburlash kerak emas.

Nutritsiologdan foydali rolik:….

Dzen kanal materiallari asosida Nasyta Yefimova https://zen.yandex.ru/nastyaef

Поделитесь статьей