Bog‘cha va tumov – doim ham ketma-ket yurmaydi

Mening o‘g‘lim bolalar bog‘chasiga boradi. Lekin kuzda u ko‘proq uyda qolib, tumovdan davolanadi. Bu har doim takrorlanaveradi. Ba’zan men, bola vaqtini bu muassasadan ko‘ra ko‘proq uyda o‘tkazar ekan, butunlay bog‘chadan voz kechsammikan, degan o‘yga borardim. Biroq keyin men masalani jiddiy ko‘rib chiqishga qaror qildim.

Tozalik – sog‘liq garovi

Sovet multfilmidagi ushbu so‘zlar yodingizdami? Bu yili bolalar aniq qo‘l yuvishni o‘rganib oldilar. Hamma yoppasiga kasal bo‘lganida, men har gal ostonani va kirish eshigi dastasini artaman. Bu uydagi eng “sermikrob” joy.

Keyin bunga vannaxonadagi eshik tutquchini qo‘shaman. Axir uyga kelgandan so‘ng biz u yerga qo‘l yuvgani o‘tamiz. Bolalar xonalar uchuni yoki bakteriyaga qarshi vosita bilan artaman.

Xonani namlantirish

Namlantiruvchini kech sotib olganimdan afsuslanaman. Bola u bilan tumovni osonroq o‘tkazadi. Mening o‘zim ham namlantirilgan xonada yaxshiroq uxlayman. Namlangan shilliq qavatga mikroblar kamroq o‘tadi. Gullar esa ayniqsa minnatdor bo‘ladi. Isitish mavsumidan oldin men albatta uni tozalayman va qasmoqlarini yuvib tashlayman.

Sayr va ijobiy hissiyotlar

Ochiq havodagi sayrlar immunitetni mustahkamlaydi. Qanchalik uyga borgim kelmasin, bolaga salqinlik qilmagunga qadar aylanamiz. Qiziq holat – biz bolalar bilan emas, ular biz bilan aylanadi. Bolalarimiz bo‘lmaganida shuncha soat ko‘chada vaqt o‘tkazarmidik. Albatta, ijobiy kayfiyat, usiz uzoqqa borolmaysiz.

Aptechkaning to‘la shayligi

Hozirjavob ona bo‘lishga harakat qilaman. Shu sababli uyda hamma narsa bo‘lishi kerak. Bolalarning dorilari uchun mening alohida qutim bor. Yonimdagi tumbochkada doimo termometr (harorat o‘lchagich) bo‘ladi. Kuzga kelib men hammasini qayta ko‘rib chiqib, nima sotib olish kerak, nimani tashlab yuborsa bo‘lishini aniqlayman. Virusga qarshi (masalan, Ergoferon), issiqni tushuruvchi va h.k.

Dzen kanal materiallari bo‘yicha Mariya Nefedova https://zen.yandex.ru/maria_beauty

Поделитесь статьей