Men hozir uyda faqat mors pishirganim pishirgan, sababini hozir tushuntiarman:

Buvimni eslasam, har doim ko‘z oldimga uning xushbo‘y mors qaynatayotgani keladi. Keyin biz hammamiz uni maza qilib ichib olardik. Qulupnayli, olmali kompotlarning ham mazasiga gap yo‘q edi. Bu an’ana mening uyimda saqlanib qolgan. Mening ikkita bolam bor, ikkalasi ham maktabda o‘qiydi, ularga bu juda foydali.

Uyimda doim klukva (muzlatib qo‘yaman) va kompot uchun quritilgan mevalar bo‘lishiga harakat qilaman. An’anani buvimning xotirasi uchun saqlab kelaman, deb o‘ylardim faqat shuning uchun emas ekan. Batafsilroq gapirib beraman. Hech qanaqa tavsiyalarim yo‘q, shaxsiy tajribam bilan o‘rtoqlashaman.

Bolaning jindek ishtahasi pasaysa yoki shamollash lohasligining birinchi alomatlari paydo bo‘lsa, vaqtida boshlangan kompleks davolash asnosida iliq mors yoki kompotni ko‘p ichish ko‘pincha quvvat beradi va muammo chiqishining oldini olishga yordam beradi. Bordi-yu mors bo‘lmay qolsa, darhol kostrulkani olaman va pishiraman-qo‘yaman. Buvminikida esa shu ichimlikli ikkita kastrulkasi doimo plita ustida turar edi… Har ehtimolga qarshi… Albatta, bunday choralar odatiy bo‘lib, malakali shifokor yordamini istisno qilmaydi.Suratdagi klukvani o‘z qo‘lim bilan terganman. Bir kostrulka mors qaynatdim. Aylanmachoqni varaqlab ko‘ring. Quyida buvimning retseptlarini beraman. Fotosuratlar muallifninki.

Kompotni qanday pishirishni har bir beka yaxshi biladi. Klukvadan mors tayyorlaganda esa ichimlikda vitaminlar saqlanib qolishi uchun qanday pishirishni bilish kerak. Buvim o‘rgatgan.

Buviming retsepti:

  • Mahsulotlar mo‘ljali: bir stakan klukvaga 2 litr suv.  Kastrulkaga suv quyamiz, qaynatamiz, ta’bga ko‘ra shakar qo‘shamiz. Reza mevlarni tayyorlaymiz. Yuvamiz, quritib olamiz, ezib elakdan o‘tkazamiz, klukva sharbati va reza mevalar “kunjara”sini olamiz. “Kunjara”ni qaynab turgan suvga qo‘shamiz, ikki daqiqa qaynatamiz. Sovutamiz, klukva sharbatini qo‘shamiz. Mors tayyor.

Retsep yozayotganimda, nutritsiologning (ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis) qiziq intervyusiga duch keldim. U buvimning sodda yondashuvini ilmiy qilib tushuntirdi va boshqa foydali maslahatlar berdi. Shunqa!

Agar betob bo‘lsak, ishtaha yo‘qolishi mutlaqo tabbiy ekan, ko‘chirma keltiraman “negaki organizmimiz butun kuchini tashqi bosqinchiga qarshi kurashga tashlaydi”, “sehirli tayoqcha vazifasini esa suyuq taomlar: smuzi, sho‘rva, yangi siqilgan sharbat o‘tashi mumkin”. Ha, mana mors ham kerak bo‘lib qoldi. Ko‘chima keltirib nima ham qildim. Oddiy so‘zlar bilan muhim narslarani qanaqa qilib tushuntirsa bo‘lishini ko‘rish osonroq. Men esa ungacha mors ichib turaman, sovigandir. Quruq mevalardan kompot qolmagan, bolalar hammasini ichib bo‘lishgan.

Aytganday, kasal bo‘lganda qanday ovqatlanish kerak – bu haqida nutritsiologning foydali rolikini tomosha qiling…

Sinchkov olmaxon dzen-kanali materiallri asosida

https://zen.yandex.ru/id/5e529bfe6e1cd54e7a5d2c8f?lang=ru&clid=300

Поделитесь статьей