Shamollash haqida bolalarning hazillari

Bolalar kasal bo‘lganida, ular baribir bizning eng shirin va alomat kuldiruvchilarimiz bo‘lishda davom etadilar. Ko‘pincha ular kattalarga eng jiddiy tarzda ichakuzdi kulgili gaplarni aytadilar.

“Bir daqiqa” Dzen kanali o‘quvchilari o‘z bolajonlarining gaplarini yuborganlar. O‘qiymiz!

  1. “Mening to‘rt yoshli qizim O‘RVI bilan kasallanganida, doimo  hiqqilab buvisinikidagi kabi begemotli choy so‘rardi. Biz hammamiz  bu qanday choy ekan deb boshimiz qotardi. Bu bergamotli choy bo‘lib chiqdi!”
  2. “Bog‘chalar ishlamas, o‘g‘lim buvisi bilan bobosinikida edi. Qayerdandir shamollashni yuqtirib oldi. Uyga olib kelganimizdan keyin so‘radim: “Buving qandaydir dori berdimi?”

“Lyuley berdi!” dedi og‘lim.

Kechqurun ota-onamnikiga qo‘ng‘iroq qildim. Birga uzoq kulishdik, buvisi tushuntirib berdi – pilyula (hapdori) bergan ekan. Virusga qarshi ichiribdi. Vanka esa o‘jarlik bilan uni “lyuli” deyaverdi.

Endi bog‘chada unga “lyuli” ichirishganini aytib bermasa edi deb qo‘rqaman!

  1. Qizimga: viruslar oynadan chiqib ketishi uchun xonani shamollatish kerak, shunda tuzalasan, deb tushuntirdim. Sal o‘tib qarasam – o‘tirib multfilm tomosha qilyapti, gazeta bilan o‘zini yelpib qo‘yadi. “Isib ketdingmi?” – deb so‘radim. U: “Oyi, tushunmayapsizmi?! Men o‘zimdan viruslarni haydayapman!”
  2. Birinchi sinfda o‘qiydigan o‘g‘lim bilan balkonda o‘tiribmiz. Kecha tulkini rasmini chizishibdi. Tulkichaning hamma yog‘i qora nuqtalar bilan qoplangan. Undan so‘radim: “Unga nima qilgan?” U nimanidir eslamoqchidek o‘ylanib qoldi va dedi “Letargiya bilan qoplangan” (Allergiya!)
  3. Doktor Arkashaning oldiga davolash qanday ketayotganini ko‘rish uchun ikkinchi marta keldi. Eshitib ko‘rish uchun maykasini ko‘tarishini so‘radi. Shundan keyin Arkasha pichirlab savol berdi: “U nima dedi?” Doktor: “Kim?” Arkasha: “Mening tayoqchalarim”.

Sizning bolalaringiz ko‘p kasal bo‘adimi?

Aytganday, siz psixologlar ko‘p kasalliklarga, shu jumladan, mavsumiy shamollashlarga ham psixologik sabablar asos bo‘ladi deb hisoblashlarini bilasizmi?

Bu mavzuda mutaxassis ishttrokida qiziq rolik bor. https://youtu.be/VwoFCLS8b_o

Поделитесь статьей