Immunitetga gʻamxoʻrlik qilish uchun qanday qilib toʻgʻri ovqatlanish kerak

Maktabgacha yoshdagi bolalar koʻpincha oʻtkir virusli kasalliklar bilan ogʻriydilar. Bunda nafaqat immun tizimining yaxshi rivojlanmaganligi, balki bolaning qanday ovqatlanishini hisobga olish ham muhim, chunki oʻsib borayotgan organizmdagi vitaminlarga boʻlgan ehtiyoj kattalarga qaraganda ancha katta. Inson immunitet tizimini davlatning mudofaa tizimi bilan taqqoslash mumkin, faqat u yanada murakkab. Ushbu himoyachilar armiyasini toʻgʻri va yaxshi ovqatlantirish kerak.

Ammo, boshqa har qanday masalada boʻlgani kabi, bu yerda ham individual yondashuv muhim ahamiyatga ega. Agar, masalan, bolada baʼzi oziq-ovqat mahsulotlariga allergiyasi boʻlsa, ularni taomnomadan chiqarib tashlash kerak. Kasallik vaqtida esa malakali yordam haqida unutmang. Shifokor virusga qarshi Ergoferonkompleks vositasini tayinlashi mumkin – bu shuningdek immunitet tizimiga “chaqirilmagan mehmonlar” bilan kurashishda yordam beradi.

Keling, qaysi vitaminlar bolaning immunitetiga gʻamxoʻrlik qilishi va qaysi mahsulotlarda mavjudligini aniqlaylik.

A va E vitaminlari

Virus hujumlarini birinchi boʻlib qaytaradigan bizning “chegara qoʻshinlarimiz” – shilliq pardalar va terilar. Ularga retinol (A vitamini) zarur. Ushbu vitamin burun-halqum shilliq qavatining toʻgʻri ishlashi uchun zarur: hujayralar interferonni faolroq ishlab chiqarishni boshlaydi.

A vitamini jigar, tuxum sarigʻi va sariyogʻ tarkibida mavjud. Retinolning yana bir turi – beta-karotin – sabzi, qovoq, oblepixa, bulgʻor qalampiri, naʼmatak, bargli sabzavotlarda uchraydi. Aytgancha, beta-karotin yogʻlar bilan birgalikda yaxshi oʻzlashtiriladi, shuning uchun qovoqli shoʻrva yoki sabzili salatga smetana yoki qaymoq qoʻshing.

Bugʻdoy urugʻi, qayta ishlanmagan oʻsimlik moylari, bryussel karami, koʻkatlar, donli mahsulotlar, tuxum va yongʻoqlarda mavjud boʻlgan E vitaminini oʻz ichiga olgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan parhezingizni boyitib, A vitamini samaradorligini yanada oshirishingiz mumkin.

C vitamini

Koʻpchilik virusga qarshi himoya yaratishda “askorbin kislotasi” ning beqiyos kuchi haqida eshitgan. Shuning uchun C vitamini virusli kasalliklarning oldini olish va davolash uchun koʻplab dorilar tarkibida mavjud.

Ushbu vitaminni naʼmatak, qora smorodina, oblepixa, kivi, bulgʻor qalampiri va sitrus mevalaridan topasiz. Mavsumiy kasalliklar paytida, naʼmatak damlamasini tayyorab, butun oila aʼzolaringiz birga isteʼmol qiling. Oblepixa ham yaxshi natija beradi, chunki uning tarkibida nafaqat koʻp miqdordagi C vitamini, balki biz yuqorida aytib oʻtgan beta-karotin ham mavjud.

B guruhi vitaminlari

Pangam kislotasi yoki B 15 vitamini bizning immunitetimizni mukammal darajada oshiradi. Ushbu vitamin pivo xamirturushi, qovoq va kunjut urugʻlarida va donlar tarkibida mavjud.

Ammo boshqa B guruhi vitaminlari ham immunitetni mustahkamlashda juda foydali va B 6vitamini (piridoksin) bu jihatdan ayniqsa faol. Uni goʻsht, jigar, buyrak va losos baliqlaridan olish mumkin. Shuningdek, u loviya, tariq, qayta ishlanmagan guruch, bugʻdoy yormasi va grechka kabi oʻsimliklar tarkibida uchraydi. Taomnomada karamning har xil turlarining boʻlishi juda foydali. Masalan, brokkoli tarkibida foliy kislotasi, B1, B2va PP vitamini koʻp.

Desert uchun

Doʻkondan sotib olingan shirinliklar oʻrniga bolalarga yangi meva va rezavorlar bering. Koʻpgina bolalar mevalarni butun koʻrinishda emas, balki mevali salatlar koʻrinishida isteʼmol qilishni afzal koʻrishadi. Shunday qilib, siz bitta idishga juda koʻp turli xil vitaminlarni solishingiz va rezavorlarning nordon taʼmini shirin mevalar bilan muvozanatlashingiz mumkin.

Oila uchun yana bir sogʻlom odat sifatida smuzi tayyorlashni aytish mumkin (buning uchun meva va rezavorlarni blenderda maydalab, aralashtirish kerak). Sovuq mavsumda oʻzingiz va bolaning taomnomasini qora smorodina, oblepixa va naʼmatak bilan boyiting. Muzlatilgan yoki quritilgan mevalardan damlamalar va mevali ichimliklar tayyorlang – ular tarkibida juda koʻp miqdorda C vitamini mavjud boʻlib, u bizning organizmimizda ayniqsa qish va mavsumlar orasida tanqis boʻladi.

Shuningdek, immun tizimiga zarar yetkazadigan mahsulotlarni alohida qayd etmoqchimiz – bu har xil oziq-ovqat qoʻshimchalari. Maktabgacha yoshdagi bolalarning taomnomasida tarkibida koʻp miqdorda taʼm kuchaytiruvchi va xushboʻylashtiruvchi moddalar boʻlgan chips, kolbasa, dudlangan mahsulotlar boʻlmasligi kerak. Faqat yangi va tabiiy mahsulotlarni isteʼmol qiling va salomat boʻling!

Поделитесь статьей

Смотрите также